Barcha yangiliklar
“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi
Gallery image 219877
Gallery image 219878
Gallery image 219879
Gallery image 219880
Gallery image 219881
Gallery image 219882
Gallery image 219883
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
20 Avg 2026
13:50

“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi

“Gulzor” saylov okrugida sport inshootlari va bolalar maydonchasi o‘rganildi

📌 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 12-“Gulzor” saylov okrugi deputati To‘rabek Nazarov tomonidan Gulzor MFY hududidagi aholi va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari hamda bolalar maydonchalarining holati o‘rganildi.

🏃‍♂️ O‘rganish davomida mahallada bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jarayonda kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov va mahalla faollari ishtirok etdi.

🛠 Shuningdek, Gulzor MFY hududidagi ko‘p qavatli uy oldida joylashgan bolalar maydonchasini ta’mirlash ishlari boshlandi. Mazkur ishlar hudud aholisi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

🤝 Deputat tomonidan bolalar maydonchasini yanada obod va foydalanish uchun qulay holatga keltirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga munosib sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌳 Bunday amaliy ishlar mahallalarda obodonlashtirish, bolalar va yoshlar uchun qulay muhit yaratish hamda aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!