Barcha yangiliklar
Gumbaz mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
Gallery image 219670
Gallery image 219671
Gallery image 219672
Gallery image 219673
Gallery image 219674
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
20 Avg 2026
10:25

Gumbaz mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Gumbaz mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi F. Temirov, tuman Kadastr bo‘limi hamda Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimlari ishtirokida Gumbaz mahallasida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning soha bilan bog‘liq murojaatlari, muammolari va takliflari tinglandi. Mas’ullar tomonidan murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy maslahatlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, aholiga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuni, 2024-yil 5-avgustdagi hujjatning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.