Barcha yangiliklar
Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Gallery image 219661
Gallery image 219662
Gallery image 219663
Gallery image 219664
Gallery image 219665
Gallery image 219666
Gallery image 219667
Gallery image 219668
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
19 Avg 2026
10:12

Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Mirzayon mahallasidagi 12-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mavjud moddiy-texnik baza hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatiga e’tibor qaratildi.
⚡️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 391-son qarori talablarining mazkur tashkilot faoliyatida ta’minlanishi masalasi muhokama qilindi.
⚡️O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda belgilangan talablarning amalda to‘liq bajarilishini ta’minlash maqsadga muvofiqligi bildirildi.