Barcha yangiliklar
Sessiya kun tartibidagi masala doimiy komissiya yig'ilishida ko'rib chiqildi
Gallery image 219647
Gallery image 219648
Gallery image 219649
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
20 Avg 2026
09:58

Sessiya kun tartibidagi masala doimiy komissiya yig'ilishida ko'rib chiqildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Muhokama davomida Farmon bilan belgilangan vazifalarning tumandagi ijrosi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.