Barcha yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Gallery image 219632
Gallery image 219633
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
20 Avg 2026
09:48

Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Pastdarg‘om tumani bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda bu borada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mazkur masala yuzasidan bo‘lim rahbari X. Sayfiyev axborot berdi.
Muhokama davomida korrupsiyaga qarshi kurashishda shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda korrupsiyaviy xavflarni barvaqt aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya tomonidan sohada aniqlangan masalalarni bartaraf etish va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.