Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 219603
Gallery image 219604
Gallery image 219605
Gallery image 219606
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
20 Avg 2026
09:43

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Ko‘p qavatli uylarning kirish qismidagi ta’mirlash sifati tanqid qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda Andijon mahallasi faol nuroniysi Berdimurodov To‘g‘il ota tomonidan Anorli ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro I.Adilova bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqaro ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Xususan, binoning tashqi fasad qismini ta’mirlash ishlari bo‘yicha e’tirozlar yo‘qligi, ishlar umumiy holatda qoniqarli bajarilganini ta’kidladi.

Biroq fuqaro tomonidan binoning kirish qismini bo‘yash ishlari sifatsiz amalga oshirilgani, ayrim joylarda bo‘yoq ishlari talab darajasida bajarilmaganligi yuzasidan e’tiroz bildirildi. Mazkur holat yangi ta’mirdan chiqarilgan binoning umumiy ko‘rinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.