Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 219596
Gallery image 219597
Gallery image 219598
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
20 Avg 2026
09:41

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Y.Berdiyarov, N.Turdiyev hamda Andijon mahallasi faol nuroniysi Berdimurodov To‘g‘il ota Anorli ko‘chasi boshi O‘.Boylanova bilan uchrashib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv davomida fuqaro tomonidan Anorli ko‘chasida boshlangan kanalizatsiya ishlari oxiriga yetkazilmaganligi, natijada hududda noqulayliklar yuzaga kelayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Murojaat deputatlar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib, kanalizatsiya tarmog‘idagi ishlarni to‘liq yakunlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududda tegishli shart-sharoitlarni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur masala bo‘yicha mas’ullar bilan tegishli tartibda ish olib borilib, murojaatni ijobiy hal etish va kanalizatsiya ishlarini yakuniga yetkazish masalasi deputatlar nazoratiga olindi.