Barcha yangiliklar
Kutubxonalar faoliyati o‘rganildi
Gallery image 219539
Gallery image 219540
Gallery image 219541
Gallery image 219542
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
20 Avg 2026
09:28

Kutubxonalar faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova tomonidan 24-masala ijrosi yuzasidan Do‘stlik mahallasi hududidagi Axborot kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonalarda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kutubxonalarning aholi, ayniqsa, yoshlar bilan olib borayotgan faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kutubxonalarning moddiy-texnik holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.