Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 219408
Gallery image 219409
Gallery image 219410
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
19 Avg 2026
20:14

O‘rganish

♻️Zangiota tumani Kengashi deputati A.Shapovalov hamda Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Q.Berdiboyev tomonidan “Bog‘zor” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilayotgan hududlarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida, xususan, mahalladagi ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari, ularning borishi va belgilangan loyihalarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

♻️Mazkur loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va obod yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.