Barcha yangiliklar
Arzon narxlar, sifatli mahsulotlar — bayram yarmarkasida
Gallery image 219379
Gallery image 219380
Gallery image 219381
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
19 Avg 2026
20:07

Arzon narxlar, sifatli mahsulotlar — bayram yarmarkasida

Yarmarkada bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavotlar hamda boshqa kundalik ehtiyoj mollari bilan bir qatorda, arzonlashtirilgan narxlarda go‘sht mahsulotlari savdosi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Tuman Kengashi deputatlari Q. Chorshanbiyev va R. Mengziyayeva yarmarka faoliyati bilan yaqindan tanishib, savdo rastalaridagi mahsulotlarning sifati, narx-navoning barqarorligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklarni o‘rgandilar.
Yarmarkada mahsulotlarning sifatli va hamyonbop narxlarda sotilayotgani aholiga qulaylik yaratib, bayram dasturxonini fayzli tashkil etish imkonini bermoqda.
Bunday yarmarkalar aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash hamda fuqarolarning bayramoldi xarajatlarini yengillashtirishga xizmat qilmoqda.