Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati
Gallery image 219372
Gallery image 219373
Gallery image 219374
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
19 Avg 2026
20:06

#Deputat_faoliyati

Aholi murojaati — e’tiborda, muammolar yechimi — nazoratda!

13-okrug deputati A.Kudayberganova tomonidan okrug fuqarolari uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar batafsil tinglandi. Kelib tushgan har bir murojaat yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda yechim topish choralari ko‘rib chiqildi.

3 ta muammoli masala deputat tomonidan nazoratga olindi. Ularning 2 tasi qabul jarayonining o‘zida, joyida hal etildi.
Yana bir murojaat bo‘yicha masalani hal etish uchun tegishli mutasaddilarga yo‘naltirish zarurligi belgilandi.

Mazkur muammo Obodonlashtirish boshqarmasiga yo‘naltirilib, uning ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.

Bunday qabullar aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va ularning amaliy yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.