Barcha yangiliklar
Oila qurish ostonasidagi yoshlar uchun o‘quv semenari tashkil etildi
Gallery image 219282
Gallery image 219283
Gallery image 219284
Gallery image 219285
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
19 Avg 2026
18:47

Oila qurish ostonasidagi yoshlar uchun o‘quv semenari tashkil etildi

Oila qurish ostonasidagi yoshlar uchun o‘quv semenari tashkil etildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Sayfiddinova Tinchlik mahallasida erta turmush qurishning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘ulotida qatnashdi.

Seminar davomida yoshlarga oilaviy hayotga puxta tayyorgarlik ko‘rish, er-xotin o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va hamjihatlikni shakllantirish, oilada sog‘lom ma’naviy muhit yaratish, oilaviy munosabatlarda mas’uliyat va burchni anglash, nizoli vaziyatlarni to‘g‘ri hal etish hamda ajrimlarning oldini olish bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.

Shuningdek, yoshlarga oila qurishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik, bir-birini tushunish va qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish muhimligi alohida ta’kidlandi.