Barcha yangiliklar
Sog‘lom oila — barqaror jamiyat poydevori
Gallery image 219259
Gallery image 219260
Gallery image 219261
Gallery image 219262
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
19 Avg 2026
18:35

Sog‘lom oila — barqaror jamiyat poydevori

Sog‘lom oila — barqaror jamiyat poydevori

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi N.Abrarov boshchiligida, tuman Kengashi deputatlari N.Mavlonova va U.Sayfiddinovalar tashabbusi bilan “Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi” doirasida mahallalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Tadbir davomida sog‘lom oilani shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish hamda mahallalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar-treningda ishtirokchilar bilan fikr almashilib, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga keng joriy etish, oilalarda o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.