Barcha yangiliklar
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Gallery image 219236
Gallery image 219237
Gallery image 219238
Gallery image 219239
Gallery image 219240
Gallery image 219241
Gallery image 219242
Gallery image 219243
Gallery image 219244
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
19 Avg 2026
18:13

Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari bo‘yicha fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Ashurov tomonlaridan tumanning tegishli tashkilot va bo‘linmalar rahbarlari ishtirokida tumanning “Burchmullo” mahallasida amalga oshirilgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari yuzasidan fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

🔺Joriy yilning 2-mavsum “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan tumanning “Burchmullo” mahallasining 2891 m ichki yo‘llarini asfaltlashtirish taklifi 3253 ta ovoz to‘plab g‘olib deb topilgan. Bugungi kunda loyiha-smeta hujjatlarga asosan belgilangan ishlar nihoyasiga yetkazilgan. Biroq fuqarolar tomonidan qo‘shimcha ravishda ichki yo‘llarni asfaltlashtirish yuzasidan murojaatlar bildirilgan.

🔺O‘rganish davomida “mahalla yettiligi” a’zolari hamda pudratchilar bilan birgalikda fuqarolarga “Tashabbusli budjet” jamg‘armasi hisobidan belgilangan ishlar yakunlanganligini, agar fuqarolar tomonidan yana qo‘shimcha ko‘chalarni asfaltlashtirish bo‘yicha takliflari bo‘lsa, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarda yana taklif bildirilishi mumkinligi yoki pudratchi tashkilot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish mumkinligi tushuntirildi. Fuqarolar pudratchi tashkilot bilan muzokara olib borishlarini ma’lum qildilar.