Barcha yangiliklar
🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!
Gallery image 219220
Gallery image 219221
Gallery image 219222
Gallery image 219223
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
19 Avg 2026
18:00

🌱 Aholi salomatligi — doimiy e’tiborda!

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi O‘zbeksiton Respublikasining Qonuni (№265-I, Qabul qilingan sana 29.08.1996) ijrosini nazorat qilish maqsadida “Keneges” OFY, 5-Xamza saylov okrugidagi Oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ahvolini o‘rgandi.

🔍 Monitoring davomida:
·         Muassasada yaratilgan sharoitlar va shifokor qabuli tizimi;
·         Dori-darmon ta’minoti va muntazamligi;
·         Tez tibbiy yordam xizmati faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, deputat tibbiyot xodimlari hamda murojaat qilgan bemorlar bilan samimiy suhbatlashib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni tingladi. Mavjud masalalar yuzasidan tegishli choralar belgilab olindi.