Barcha yangiliklar
Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi
Gallery image 219035
Gallery image 219036
Gallery image 219037
Gallery image 219038
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
19 Avg 2026
15:19

Veterinariya sohasidagi qonun ijrosi va profilaktik tadbirlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Taxiatosh tuman Kengashi raisi Artikov Davron Omarbayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov birgalikda «Veterinariya to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-397, Qabul qilingan sana 29.12.2015)ning tumandagi ijrosini o‘rgandilar.

🏥 O‘rganish davomida tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lim boshlig‘i tomonidan hayvonlarning yuqumli kasalliklariga (oqsil, nodulyar dermatit, quturish) qarshi olib borilayotgan emlash va profilaktika ishlari yuzasidan axborot berildi.

🐄 Shuningdek, tuman hududidagi chorva bozorlarida veterinariya-sanitariya normalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha biriktirilgan mutaxassislarning faoliyati ko‘rib chiqilib, mas’ullarga zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Aholi salomatligi hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda veterinariya nazorati muhim o‘rin tutadi.