Barcha yangiliklar
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
Gallery image 218967
Gallery image 218968
Gallery image 218969
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
19 Avg 2026
10:07

Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilgan masalalar yuzasidan deputatlar K.Mamanova, S.Ulug‘murodov va A.Isakulov shuningdek, ekspert guruhi a’zosi D.Xayrqulova tomonidan tumandagi 2-umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishning dastlabki bosqichida maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarligi bo‘yicha tegishli hujjatlar ko‘rib chiqildi.

Jumladan yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar mavjud ma’lumotlar hamda maktab faoliyatiga oid hujjatlarning yuritilishi tahlil qilindi.

Shuningdek ta’lim jarayonini samarali tashkil etish o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish va yangi o‘quv yilini puxta tayyorgarlik bilan boshlash bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan mas’ullardan ma’lumotlar olindi.