Barcha yangiliklar
Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi
Gallery image 218900
Gallery image 218901
Gallery image 218902
Gallery image 218903
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
10 Avg 2026
13:39

Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi

Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-«Yangihayot» saylov okrugi deputati G.Shafoatova saylangan hududda aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida hududda yangi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, quvurlarni yotqizish jarayoni hamda ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan mazkur ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi va natijada hudud aholisining sifatli hamda barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash — deputatlik nazoratida!