Barcha yangiliklar
Termiz tuman hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-Namuna saylov okrugi deputati Sh. Kalandarov MTT faoliyati bilan tanishdi
Gallery image 218887
Gallery image 218888
Gallery image 218889
Gallery image 218890
Gallery image 218891
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
07 Avg 2026
13:31

Termiz tuman hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-Namuna saylov okrugi deputati Sh. Kalandarov MTT faoliyati bilan tanishdi

Termiz tuman hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-Namuna saylov okrugi deputati Sh. Kalandarov MTT faoliyati bilan tanishdi

Termiz tuman hokimi, Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 9-Namuna saylov okrugi deputati Sh. Kalandarov o‘zi saylangan hududda joylashgan maktabgacha ta'lim muassasasiga tashrif buyurib, unda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi K. Abdullayeva ham ishtirok etdi.

Tashrif davomida muassasadagi ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, guruh xonalari, yotoqxona va o‘yin maydonchalari, sanitariya-gigiyena holati hamda oshxona faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, ovqat tayyorlash jarayonida sanitariya qoidalariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari hamda kunlik taomnoma talablar asosida tashkil etilgani o‘rganildi.

Tashrif yakunida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy ta'lim muhitini yaratish, sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etish hamda ta'lim sifatini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.