Barcha yangiliklar
Xalq vakillari – deputatlar ham saylovchilarga xizmat qilish, ularni rozi qilish asosiy vazifa ekanligini chuqur anglagan holda “Sayyor qabul”lar o‘tkazib, aholi muammolariga yechim topishga harakat qilmoqdalar.
Gallery image 25531
Gallery image 25532
Gallery image 25533
Gallery image 25534
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
28 Yan 2025
08:47

Xalq vakillari – deputatlar ham saylovchilarga xizmat qilish, ularni rozi qilish asosiy vazifa ekanligini chuqur anglagan holda “Sayyor qabul”lar o‘tkazib, aholi muammolariga yechim topishga harakat qilmoqdalar.

Shu boisdan joriy yilning 28-yanvar kuni xalq deputatlari Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov va xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati I.Shatova shaharning “Yulduz” mahallasida sayyor uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi. Shuningdek mahalladagi mavjud muammolar tegishli tashkilot xodimlari ishtirokida deputatlar tomonidan joyiga borgan holda o‘rganildi.