Barcha yangiliklar
Olimpiya MFY hududida Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi
Gallery image 218804
Gallery image 218805
Gallery image 218806
Gallery image 218807
Gallery image 218808
Gallery image 218809
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
19 Avg 2026
12:32

Olimpiya MFY hududida Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi

Olimpiya MFY hududida Elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi

🔹Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Temur Shomansurov ishtirokida Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Elektr tarmoqlari korxonasi hamkorligida Olimpiya MFY hududida joylashgan transformator punktlarida (TP) ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

⚡️ O‘tkazilgan amaliy ishlar davomida transformator punktlarining texnik va tashqi holati o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda hududni obodonlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

💡 Mazkur ishlar hududda elektr ta’minoti barqarorligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoit yaratishga qaratilgan.

📌 Deputat tomonidan hududdagi kommunal va infratuzilmaviy masalalar doimiy nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!