Barcha yangiliklar







AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
19 Avg 2026
11:26
Doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi E. Yunusov raislik qilmoqda.
Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova, Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Ibragimov, Moliya bo‘limi mutaxassisi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar yo‘nalishidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.