Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 218590
Gallery image 218591
Gallery image 218592
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
19 Avg 2026
10:50

Kotib

Deputatlik nazorati doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) faoliyati, xususan, bolalarning sog‘lom ovqatlantirilishi, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishi va xavfsizligi xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muntazam ravishda o‘rganib boriladi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi 23-“Sarbon” okrugi deputati Oydin Daniyarxodjayeva tomonidan hududidagi 72-sonli MTT faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bog‘cha hududining sanitar holati, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bolajonlarga yaratilgan sharoitlar va ausorsing xizmati faoliyati bilan tanishildi.

O‘tkazilgan tashrif jarayonida deputat bog‘cha mudirasiga bolalarni sog‘lom ovqatlantirish, sanitariya holati hamda atrofdagi harakat xavfsizligini bevosita joriy etilgan tartibda nazorat qilib borish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berdi.

Bo‘lib o‘tgan o‘rganishda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Gulchexra Azizova ham ishtirok etdi.