Barcha yangiliklar









TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
19 Avg 2026
10:05
Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev hamda mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi talablari asosida chiqindi poligoni va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
#tavsiyalar
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati
Kogon shahar Kengashi deputati A. Ergashev hamda mas’ul bosh mutaxassis Z. Temirova tomonidan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi talablari asosida chiqindi poligoni va chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududning sanitariya-ekologik holati, chiqindilarni belgilangan tartibda joylashtirish, poligon hududidagi tozalik hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ekologik xavfsizlikni ta’minlash, hududlarda tozalikni saqlash va qonun talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash