Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi bilan hamkorlik - xalq muammosiga yechim
Gallery image 25472
RAMANOVA FIRUZA SAPARBAYEVNA
28 Yan 2025
17:53

Mahalla yettiligi bilan hamkorlik - xalq muammosiga yechim

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Atajonov Jur’atbek Atavayevich o‘zining Urganch shahridagi 5-“Olimpiya” hamda 36-“Baynalminalchi” saylov okruglaridagi “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashdi va har bir yo‘nalishda mahalla kesimida olib borilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni o‘rgandi.

Har ikkala mahallaning faoliyatini yaxshilash va aholiga zarur qulayliklar yaratish maqsadida deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligini yanada kuchaytirishga kelishib olinib, galdagi aniq vazifalar belgilab olindi.