Barcha yangiliklar
Mahalla binosi atrofi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
Gallery image 218369
Gallery image 218370
Gallery image 218371
Gallery image 218372
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
31 Iyul 2026
09:23

Mahalla binosi atrofi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Mahalla binosi atrofi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev hamda Kengash mutaxassisi K. Abdullayeva Uchqizil MFY hududida bo‘lib, mahalla binosi atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla binosi atrofining sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish, , hududni tartibga keltirish hamda tozalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla binosi atrofini namunali hududga aylantirish, doimiy tozalik va tartibni saqlash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda fuqarolar uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.