Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari   tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.
Gallery image 218254
Gallery image 218255
Gallery image 218256
Gallery image 218257
Gallery image 218253
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
18 Avg 2026
20:19

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari  tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

Qumqo‘rg‘on tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari T.Gulmatov va S. Amanov tomonidan  og‘ir toifaga kiritilgan “Surxon sohili” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarining borishini o‘rgandi.
Loyiha doirasida:
🔹 5.7 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurish;
🔹 2 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash;
🔹 tungi yoritish chiroqlari 170 dona o‘rnatish;
🔹 70 dona o‘rnalar o‘rnatish;
🔹 70 dona o‘rindiqlar (skameyka) o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida 2 kilometr piyodalar yo‘lakchasi va tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.