Barcha yangiliklar
TASHABBUSLI BYUDJET DOIRASIDA 78-MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 218221
Gallery image 218222
Gallery image 218223
Gallery image 218224
Gallery image 218225
Gallery image 218226
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
18 Avg 2026
19:43

TASHABBUSLI BYUDJET DOIRASIDA 78-MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Tashabbusli_byudjet #Doimiy_komissiyalar_nazorati

TASHABBUSLI BYUDJET DOIRASIDA 78-MAKTAB HOLATI O‘RGANILDI

🕯 Uchtepa tumanida 2026-yil II bosqich “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni saralash va obyektlarni joyida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🇺🇿 Bugungi o‘rganishlarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengash raisi Jafar Ismanov, Kengash doimiy komissiya raislari Jamshid Karimov, Avaz Xudayberganov hamda kotibiyat mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.
78-sonli maktabda ichki va tashqi kanalizatsiya tizimi, sovuq suv quvurlarini ta’mirlash, issiqlik elivatori hamda hojatxonalarni to‘liq ta’mirlash, shuningdek, maktabning ichki va tashqi ta’mirtalab qismlarini obodonlashtirish masalalari o‘rganildi.

↗️ O‘rganish davomida maktabdagi issiqlik tizimi va hojatxonalarni ta’mirlash zarurati o‘z tasdig‘ini topdi. Mavjud muammolarni to‘liq bartaraf etish uchun ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘lardan tashqari, qo‘shimcha mablag‘ jalb etish zarurati ham qayd etildi.

📈 Aniqlangan kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish va maktabda ta’lim olish uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.