Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida qurilgan asosiy oqar suv tarmog‘ining bugungi kundagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Gallery image 218147
Gallery image 218148
Gallery image 218149
Gallery image 218150
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
18 Avg 2026
18:48

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida qurilgan asosiy oqar suv tarmog‘ining bugungi kundagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari D.Egamqulova va N.Turdiyevlar tomonidan A.Navoiy MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-93-sonli qarori asosida qurilgan asosiy oqar suv tarmog‘ining bugungi kundagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur tarmoq orqali bugungi kunda suv yetib kelayotganligi, biroq ayrim ko‘chalarning asosiy tarmoqqa ulanmaganligi hamda tarmoqning boshlang‘ich qismiga Suv to‘sini (Shlyuz) o‘rnatilmaganligi aniqlandi. Ushbu kamchiliklar mahalla hududidagi ayrim xonadonlarni oqar suv bilan ta’minlashda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.

Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ulanmagan ko‘chalarni asosiy tarmoqqa ulash hamda tarmoqning boshlang‘ich qismiga gidrant o‘rnatish masalalarini tegishli mas’ullar bilan birgalikda hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.