Barcha yangiliklar
A.Navoiy MFY Sayxun-1 ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati yuzasidan o‘rganish
Gallery image 218135
Gallery image 218136
Gallery image 218137
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
18 Avg 2026
18:41

A.Navoiy MFY Sayxun-1 ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati yuzasidan o‘rganish

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Egamqulova va bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan A.Navoiy MFY Sayxun-1 ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ko‘chaning mavjud holati ko‘zdan kechirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida ko‘chani asfaltlashtirish hamda ichki ariqlar (latokchalar) qurish zarurligi aniqlandi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga murojaat qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish tavsiya etildi.