Barcha yangiliklar







KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
18 Avg 2026
18:37
Fuqaro murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari D.Egamqulova va N.Turdiyevlar tomonidan A.Navoiy mahallasining Sayhun 3 ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida ko‘chaning 230 metr qismini asfaltlashtirish, shuningdek, fuqarolar xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish zarurligi aniqlandi.
Mazkur masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga murojaat qilinib, muammoni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish belgilandi.