Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 218085
Gallery image 218086
Gallery image 218087
Gallery image 218088
Gallery image 218089
Gallery image 218090
Gallery image 218091
Gallery image 218092
Gallery image 218093
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
18 Avg 2026
18:06

Kengash_faoliyati

Deputat so‘rovi ijrosi: "Obod yurt" mahallasidagi 28-maktabga boruvchi 1,5 km yo‘l to‘liq asfaltlandi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati va ijro intizomi samaradorligi natijasida aholini qiynab kelayotgan infratuzilma muammolari ijobiy hal etilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati N.Allamuratovaning "Obod yurt" MFYdagi 28-sonli umumta’lim maktabiga boruvchi 1,5 km yo‘lni asfaltlash bo‘yicha tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga yuborgan deputat so‘rovi doirasida amaliy ishlar yakuniga yetkazildi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi taqdim etgan rasmiy javob xatiga binoan, ushbu yo‘l qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, 2026-yilgi Manzilli dastur doirasida to‘liq asfaltlanib, muammo ijobiy hal etilishi ta’minlandi.

Yangilangan va ravon yo‘l maktab o‘quvchilari hamda hudud aholisi qatnovi uchun topshirildi.