Barcha yangiliklar
#Deputat faoilayati
Gallery image 218039
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
17 Avg 2026
17:53

#Deputat faoilayati


Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi masalalari o‘rganildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashiga 6- okrugidan saylangan deputat K.Xakimov shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboev "Muqumiy" mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

📌O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📖O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan olib borilayotgan individual ishlar, ularning muammolarini hal etish borasida ko‘rilayotgan choralar ham ko‘zdan kechirildi