Barcha yangiliklar



ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
18 Avg 2026
17:22
Kengash_faoliyati
🇺🇿🤝🇨🇳 Bandixonda yangi investitsiya loyihalariga yo‘l ochilmoqda!
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tumani hokimi Abdumalik Allamuradov Xitoyning “MNSS” MCHJ QK investori Peng Xong Son bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tumanga yangi investitsiyalarni jalb etish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
🤝 Xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish — Bandixonning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Bandixonda investitsiya — taraqqiyot va yangi imkoniyatlar demak!