Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi PQ-12-son “2025 yilda Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bajarilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordilar.
Gallery image 25423
Gallery image 25424
Gallery image 25425
Gallery image 25426
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
28 Yan 2025
15:16

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi PQ-12-son “2025 yilda Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bajarilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordilar.

 Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi deputatlari A.Mahkamov va H.Abduraxmonovlar Marg‘ilon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi PQ-12-son “2025 yilda Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bajarilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib bordilar. 

Mazkur qaror bilan “Hududlarda aholi bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va daromadlarini oshirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni keng joriy qilish, mahallalarda ehtiyojmand aholi qatlami bilan manzilli ishlashni tashkil etish va ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, mavjud resurslar, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish” vazifalarini amalga oshirish yuklatilgan. 

Deputatlar o‘rganish davomida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.