Barcha yangiliklar
Sport inshootlari holati o‘rganildi.
Gallery image 217938
Gallery image 217939
Gallery image 217940
Gallery image 217941
Gallery image 217942
Gallery image 217943
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
18 Avg 2026
17:09

Sport inshootlari holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 12 - “Samarqand” okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullaevaga biriktirilgan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan 7-sonli umumta’lim maktabida sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlanishi holati o‘rganildi. O‘rganishda O‘zbekiston XDP shahar kengashi raisi J.Artiqbayev va maktab direktori A.Qosimov ishtirok etdi.
Maktab ichidagi yopiq sport zali yangi o‘quv yiliga ta’mirlangan va jihozlar bilan ta’minlangan. Tashqi xovlisida futbol maydoni mvjud bo‘lib, maydonga chim yotqizilgan va o‘yinlar uchun sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, yozgi basketbol maydonchasini ta’mirlashda suniy qoplama yotqizish ishlari bajarilgan. Biroq, bugungi kunga kelib ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan. Ushbu muammoni yechimi bo‘yicha Toshkent viloyati "Yagona buyurtmachi xizmati" DUKga murojaat bilan chiqishga kelishib olindi.