Barcha yangiliklar
Qabristonlar obodligi – o‘tganlarning ruhi shodligi
Gallery image 25420
Gallery image 25421
Gallery image 25422
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
28 Yan 2025
15:24

Qabristonlar obodligi – o‘tganlarning ruhi shodligi

        Marhumlarning ruhi pokini aziz tutish, qabrlarni ziyorat qilib, ularni obodonlashtirish, o‘tganlarning ruhiga Qur’on tilovat qilish har birimizning insoniy burchimizdir. 

    Bugun erta tongdan  Pastdarg‘om tumanining "Qushchinor"  "Esaboy" "Beshnayman" mahallalari qabristonlarida hashar tashkil etildi.

     Hashar doirasida qabriston va uning hududi tartibga keltirilib, ariqlar va yo‘laklar tozalandi, atrofini beton devor bilan urash ishlari boshlandi, yon-atrof obodonlashtirildi. 

     Hasharlarni tashkil etishda mahalliy Kengash deputati N. Aliyev bosh-u qosh bo'ldi.