Barcha yangiliklar
#24_ta_masala  📌 AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
Gallery image 217854
Gallery image 217855
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
18 Avg 2026
16:09

#24_ta_masala 📌 AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI

#24_ta_masala 📌 AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat X.Turdiyev tomonidan Qorag‘uppa mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolarning daromadlarini oshirish va ularni tadbirkorlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.
Jumladan, mahalladagi tadbirkor Jahongir Eshonqulov bilan Mikrokreditbank xodimi Alisher Toshboyev hamkorligida kredit olish tartibi, mavjud imkoniyatlar va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun moliyaviy ko‘makdan foydalanish masalalari tushuntirildi.
Shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
📌 Tadbirkorlik — bandlik — barqaror daromad — kambag‘allikdan chiqish!