Barcha yangiliklar
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
Gallery image 217839
Gallery image 217840
Gallery image 217841
Gallery image 217842
Gallery image 217843
Gallery image 217844
Gallery image 217845
Gallery image 217846
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
18 Avg 2026
16:04

#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI

#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
“Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 243-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida deputat S.Djumanova tomonidan tumandagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida yoqilg‘i quyish shoxobchalarida avtomobil yoqilg‘ilari narxlari, ularning belgilangan tartib va talablar asosida sotilishi hamda amaldagi narxlarning qaror talablariga muvofiqligi bilan tanishildi.
Shuningdek, iste’molchilarga yoqilg‘i mahsulotlarini belgilangan narx va tartib asosida yetkazib berish, narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan o‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
📌 Qaror ijrosi — deputat nazoratida!