Barcha yangiliklar
10-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi
Gallery image 217269
Gallery image 217270
Gallery image 217271
Gallery image 217272
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
18 Avg 2026
10:04

10-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Ekologik partiya a'zosi Isxakov Doniyor Mahmudovich tomonidan o'zi saylangan 10-“Xalqlar do‘stligi” saylov okrugi hududida aholi bilan ishlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish va aholiga ijtimoiy xizmatlarni yanada sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.