Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 217264
Gallery image 217265
Gallery image 217266
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
18 Avg 2026
10:01

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyat mudiri Shomaxmudov Shoanvar Shomuxtarovich okrugidagi “Sayram” mahallasida “Obodlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lmoqda.

Tadbirlar jarayonida deputat mahalla nuroniylari, faollari va keksa avlod vakillari bilan birgalikda aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Muloqotlarda asosiy e’tibor:
Har bir oila va xonadon a’zolarining o‘z xonadonlari hamda atrof-muhitni obodonlashtirishdagi mas’uliyatini oshirish;
Milliy qadriyatlarimiz, mahallachilik an’analari va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Deputatlarimiz ushbu xayrli va ezgu jarayonlarda o‘zining faol ishtiroki bilan aholiga o‘rnak bo‘lishmoqda.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.