Barcha yangiliklar
Doimiy komissiyalar va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda
Gallery image 217244
Gallery image 217245
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
18 Avg 2026
09:50

Doimiy komissiyalar va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada deputat F.Xolmuratova tomonidan tuman FHDYO bo‘limi faoliyati o‘rganilib, nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani topshirish tadbirida ishtirok etildi.

Tadbir davomida yangi oila qurgan yoshlarni tabriklash bilan birga, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarga sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday hamkorlik tadbirlarining asosiy maqsadi — aholiga qulaylik yaratish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash va davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishdan iborat.