Barcha yangiliklar
MADAD NTT bilan hamkorlikda hujjatlar qonuniyligiga alohida e'tibor qaratilmoqda
Gallery image 217238
Gallery image 217239
Gallery image 217240
Gallery image 217241
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
18 Avg 2026
09:47

MADAD NTT bilan hamkorlikda hujjatlar qonuniyligiga alohida e'tibor qaratilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar yuzasidan qaror loyihalarini tayyorlash jarayonida MADAD NTT hamda tuman adliya bo'limi mutaxassislari bilan hamkorlikda huquqiy ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

Hamkorlik doirasida qaror loyihalarining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi, huquqiy asoslari, yuridik texnika talablari hamda normativ-huquqiy hujjatlarga mosligi atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.

Mazkur yondashuv Kengash sessiyalarida qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, sifati va amaliy samaradorligini oshirishga, shuningdek, deputatlik faoliyatida ochiqlik va mas'uliyat tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.