Barcha yangiliklar
Xovuzak mahallasida ehtiyojmand oila xonadonida o‘rganish o‘tkazildi
Gallery image 217215
Gallery image 217216
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
18 Avg 2026
09:36

Xovuzak mahallasida ehtiyojmand oila xonadonida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026 yil 30 iyundagi VII-29-80-7-101-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🔎 Mazkur qaror asosida ehtiyojmand oilalar xonadonini energiya tejamkor usulda ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda.

📍 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Xolmurotova Xovuzak mahallasida istiqomat qiluvchi Xamroyeva Oyruzi O‘ktamovnaning xonadonida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

🏠 O‘rganish davomida xonadonda yaratilgan sharoitlar, energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlar, ta’mirlash jarayonining sifati hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

🤝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash masalasi nazoratga olindi.