Barcha yangiliklar
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 217164
Gallery image 217165
Gallery image 217166
ESHKUZIYEV ELBEK ABDUALIMOVICH
17 Avg 2026
09:31

YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Alimov tomonidan hududdagi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda o‘rganish va amaliy yechim topish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.