Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari va hududdagi masalalar o‘rganildi
Gallery image 217146
Gallery image 217147
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
29 Iyul 2026
09:30

Fuqarolar murojaatlari va hududdagi masalalar o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari va hududdagi masalalar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi 7-Qahramon saylov okrugi deputati S. Xakimov, tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva, Qahramon MFY raisi hamda tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda Qahramon mahallasi hududida ko‘chalarda yurib, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar va murojaatlar tinglanib, hududdagi mavjud muammolar joyiga chiqib o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni yanada obod qilish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholini qiynayotgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish masalalari deputatlik nazoratida ekani ta’kidlandi.