Barcha yangiliklar









KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
18 Avg 2026
09:18
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyev tomonidan Obod MFY, 7-Obod saylov okrugida joylashgan OShP faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati hamda dori-darmon vositalarining saqlanish holati ko‘zdan kechirildi. Dori vositalarini saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilganligi aniqlandi.
Shuningdek, muassasa xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammolar tinglandi. Muloqot davomida OShPda ayrim tibbiyot mutaxassislari yetishmasligi muammo sifatida qayd etildi. Mazkur masalani tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda o‘rganish va yechim topish yuzasidan choralar belgilandi.