Barcha yangiliklar
Aholi murojaati amaliy yechim topdi
Gallery image 217073
Gallery image 217074
Gallery image 217075
Gallery image 217076
Gallery image 217077
Gallery image 217078
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
18 Avg 2026
09:12

Aholi murojaati amaliy yechim topdi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati A.Avazov tashabbusi bilan Mingchinor mahallasida aholi uchun muhim bo‘lgan muammo amaliy hal etildi.

Mahalladagi ariqlarning ichki qismi tozalanib, to‘planib qolgan loyqa, chiqindi va boshqa to‘siqlar olib tashlandi. Natijada suvning ariqlar orqali erkin oqishi ta’minlanib, xonadonlarning tomorqa ekinlariga suv yetib borishi yaxshilandi.

Mazkur ishlar mahalla aholisining tomorqalaridan unumli foydalanishi, ekinlarni o‘z vaqtida sug‘orishi hamda hosildorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

Aholi manfaatlari va murojaatlarini amaliy hal etish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.