Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 25304
Gallery image 25305
Gallery image 25306
Gallery image 25307
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
27 Yan 2025
17:10

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining beshinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilish kun tartibidan:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-yanvardagi 22-son qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Xoliqberdiyevning axboroti to‘g‘risida.

“O‘zbekiston-2030” Strategiyasini ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2024-yil 31-yanvardagi VI-59-17-9-123-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida.