Barcha yangiliklar
Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat sifati va sanitariya holati o‘rganildi
Gallery image 216968
Gallery image 216969
Gallery image 216970
Gallery image 216971
Gallery image 216972
Gallery image 216973
Gallery image 216974
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
17 Avg 2026
18:58

Maktabgacha ta’lim tashkilotida oziq-ovqat sifati va sanitariya holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “25-Xitoy” saylov okrugi deputati G‘.Ermatov hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan “Xitoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan ovqatlanish sharoitlari, tayyorlanayotgan taomlarning sifati va xavfsizligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda qabul qilinishi va saqlanish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kunlik taomnomaning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan xonalarning sanitariya-gigiyena holati, mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari hamda mas’ul xodimlarning amaldagi talablar asosida faoliyat yuritishi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun sanitariya talablariga javob beradigan sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.